Blog

FestaEngine yangilanish

FestaEngine dastlabki yangilanishni qabul qiladi. Bu yangilanishda endilikda bino muhrarridan to'liq foydalanish, 40ta model, ovozlarni import qilish, o'tgan yangilanishdagi ba'zi xatoliklar tuzatildi hamda qo'shimcha 12ta bepul skriptlar. FestaGamesning Iblis hikoyasi hamda FarZone seriyalari uchun yangilangan versiyasida yangi xususyatlarga ega bo'ladi.

FestaPlay kirish

FestaPlay bizning yangi ko'p funksiyali loyihamizdir. Dastlabki versiyasi Vikme bo'lib 2021 yilda ommaga taqdim etilgan. Loyiha hozirgi kunga qadar to'xatilgan edi. Hozirda FestaPlay katta yangiliklarni qabul qilgan holda faoliyatini davom etiradi.

MindOS Project davom etadi.

MindOS Project davom etadi. FestaSystemsning navbatdagi loyihasi MindOS Project foydalanuvchilarga taqdim etilishga tayyor.

FarZone 2

FestaGames FarZone hamda Iblis Hikoyasi seriyalarini davom etiradi. Yangilangan FestaEngine yordamida yanada murakkab detallar yaxshilangan. Yaxshilangan fizika hamda grafika yordamida muhit yaxshilangan.

Iblis hikoyasi

FestaSystemsning FestaGames bo'limi Iblis hikoyasi horror seriyasini ishlab chiqish ustida ish boshladi. Bu "Iblis hikoyasi" ko'p seriyali hikoyalariga asoslangan bo'lib FestaEngine yordamida ishlab chiqiladi.

PandaFramework

FestaSystems navbatdagi loyihada ko'p funksiyali framework ustida ish boshladi. 2024 yilda dastlabgi versiyasini ommaga taqdim etishni maqsad qilgan.

PandaVisual 2023 Community 1.0.4.1

PandaVisual muhitida navbatdagi yangilanishlar. Yangilanishlar quyidagicha: FestaCloud, TVideoBox, TSock, TServer, WindowsApi, DotNet hamda baʼzi xatoliklar tuzatildi.