MindOS Project davom etadi.

MindOS Project davom etadi. FestaSystemsning navbatdagi loyihasi MindOS Project foydalanuvchilarga taqdim etilishga tayyor. Ho'sh MindOS o'zi nima? MindOS bu FestaSystems tomonidan ishlab chiqilgan va takomilashtirib borilayotgan grafik operatsion tizim. Loyiha 2019 yilda Windows NT 5.2 ga asoslanib boshlangan. 2021 yilda o'zining dastlabki ko'rinishini va muqobil versiyasini taqdim etdi. Loyiha ochiq manbaali bo'lib istalgan dasturchi loyihaga qatnashishi yoki loyiha rivoji uchun o'z hissasini qo'shishi mumkin.Loyiha 2021 yildan buyon to'xtab qolgan. 2019 yildan 2021 yilgacha loyiha o'zining muhim ko'nikmalariga ega bo'ldi. MindOS Project ochiq manbaali loyiha ekanligi hech kimga sir emas. MindOS Kernel mustaqil yadro hisoblanadi. Ya'ni u hech qanday boshqa tarkibdagi yadroga bog'lanmagan. U Linux emas. U Windows emas. U erkin bo'lgan mustaqil operatsion tizim. U FestaSystemsning bir qismi. MindOSning 60% dasturlari PandaVisual muhiti yordamida yaratilgan. PandaVisualning keng imkoniyatlarga ega ekanligining yana bir misoli. MindOS yadrosi C tilida yozilgan. Turli drayverlar va kutubxonalar C++ hamda PandaLang yordamida yozilgan. Loyiha dastlabki holatga kelishi juda ham qiyin va judayam ko'p resurs talab qilgan. Dastavval turli resurs va turli ochiq manbaali loyihalardan foydalanilgan. Hozirgi MindOS 1.2.0.1 versiyasi turli 32 bitli dasturlarni qo'llab quvvatlaydi. MindOSdan foydalanish uni test qilish uchun biz bilan bog'lanib sinab ko'rishingiz mumkin.

MindOS Terminal
MindOS displey sozlamalari

FestaSystemsdagi moliyaviy qiyinchiliklar hamda malakali dasturchilar yo'qligi sababli MindOS Project ma'lum vaqtga qoldirildi. Hamjamiyatimiz boshqa loyihalarga e'tiborini qaratgan holda faoliyatini davom etiradi.

Boshqa bloglar