FestaSystemsning PandaProject loyihasi bugungi kunga qadar juda ko'plab loyihalar ustida ishladi hamda shu yergacha yetib keldi. PandaVisualning dastlabgi versiyalarida FestaSystemsning ichki tizimlari va loyihalari uchun foydalanilgan PandaVisual bugungi kunda ommaviy tarzda Community versiyalari sifatida taqdim etilmoqda. PandaVisual yordamida ishlab chiqilgan loyihalar(MindOS,DreamCoder,PandaVisual 2023, DragonSecurity,DragonWeb,Bestagram,ZeePlay Desktop,Eyemed,UzBrowser,fTorrent,AnjirAntivirus va boshqalar).PandaVisualning ohirgi 1.0.4.1 versiyasida sizga bir muncha yangiliklar va bir qator o'zgarishlar haqida so'zlab bermoqchiman. Demak dastavval nimalar o'zgardi?
![](assets/images/4234234234234234.png)
- FestaCloud
- TWindowsApi
- TServer
- TVideoBox
- TSock
- DotNet
- PandaLangdagi xatoliklar tuzatildi
- Ba’zi xatolar tuzatildi.
TWindowsAPI – bu Windows tizimidagi ba'zi funksiyalarni chaqirish hamda dasturlar yozishni osonlashtirish uchun maxsus Api. Bunda berilgan ketma ketlikdagi buyruqlar asosida turli qulayliklarni yaratishimiz mumkin bo’ladi. Ba’tafsil ma’lumotni qo’lanmadan olishingiz mumkin.
TServer – Server bilan aloqa qilish uchun foydalanadigan komponent. Bunda serverga maxsus alternativ havola yordamida so’rov yuborish va qabul qilish imkonini beradi.
TVideobox – vanihoyat endilikda PandaVisual multimedia komponentlarini qo’llab quvvatlaydi. Turli kengyatmadagi videolarni ko’rish mumkin. Imkoniyatlar bosqichma bosqich rivojlantiriladi.
TSock – Mijozlarni o’rtasida so’rovlarni yuborish va maxsus amallarni boshqarish uchun qo’lanadi. Ba’tafsil ma’lumotni qo’lanmadan olishingiz mumkin.
DotNet – Endilikda biz DotNet frameworki yordamida turli dasturlar yaratishimiz mumkin bo’ladi. Bunda birmuncha qulayliklar yaratadi. Formalaringizni PandaVisual yordamida yarating va DotNet yordamida o’z buyruqlar ketma ketligini kiriting. Ushbu birlashuv imkoniyati bizga turli yechilmayotgan muammolarga yechim bera oladi. Ba’tafsil ma’lumotni qo’lanmadan olishingiz mumkin.
FestaCloud - FestaCloud bu PandaVisualning loyihalari uchun mo'ljalangan bulutli saqlash tizimi. Bunda PandaVisualga aloqador barcha fayllar, loyihalar va boshqa resurslarni saqlash uchun sizga ma'lum sig'imli joy ajratiladi. Bunda qulay tarafi hamjamoa bo'lib ishlash imkoniyati yuzaga keladi. Ya'ni ishlar o'rtada taqsimlanishuvi hamda istalgan yerdan o'z loyihalaringizni ochishingiz qayta ishlashingiz mumkin bo'ladi. Skriptlar va turli resurslarni saqlash va qayta taqsimlash uchun as qotadi. Bu tizim PandaVisualning ichki tizimi hisoblanadi. Ya'ni bu faqatgina PandaVisual loyihalari uchun mo'ljalangan. PandaVisualda har bir foydalanuvchi uchun 1Gb joy ajratilgan.
Yuqoridagi o'zgarishlar sezilarli o'zgarishlar deya olamiz. Ammo keyingi rejalarda bundanda keng imkoniyatlarga ega bo'lamiz.
![](assets/images/photo_2024-01-22_08-23-34.jpg)