PandaVisual - PandaLang(PHP) va VCL bilan Windows ilovalarini yaratish uchun eng qulay muhit. Muhit foydalanuvchiga deyarli kod yozmasdan ilovalar yaratishga imkon beradi. Bunda sizdan kod yozish uchun ma'lum bir bilim talab qilinmaydi. Muhit yordamida uncha qiyin bo'lmagan yengil dasturlar yaratish mumkin. Bunda turli komponentlar va skriptlar foydalanuvchiga yordam beradi. Kompilyatsiya jarayoni ham kutilgan vaqtdan tezroq amalga oshadi. Bunda PandaCORE-D14 kutubxonasi yordam beradi. Hozircha loyihalar Win32 uchun kompilyatsiya qilinadi. Kutilayotgan jarayon davom etayotgan loyihalar: PandaWebGL, LinuxPlatforms, MacOS hamda MindOS. Loyihalar yetarli darajada kompress qilinadi. Bunda operativ xotiradan joy uncha ko'p so'ralmaydi va operatsiyalar tez amalga oshadi. Oddiy loyihani kompilyatsiya qilish o'rtacha hisobda 0.7 soniyada amalga oshadi.PandaVisual DSSE RADStudioga asoslangan. Deyarli barcha komponentlar to'liq konvertatsiya qilinadi. Bunda ma'lum bir cheklovlar yo'q. Hamda muhit tarkibiga GitBash qo'shilgan. Ya'ni siz biror loyiha yaratganingizda u loyiha GitHubda paydo bo'ladi. Hamjamoa bo'lib bitta loyiha ustida yoki bitta loyihaning boshqa qismlarida ishlash imkonini beradi. Har bir ketma ket amaldan so'ng zahira loyiha(backup)lar GitHub sahifangizga joylanadi. Bunda loyihada ishlash samaradorligi ortadi. Ishni olib borish osonlashadi bir qator yengilliklarni yaratadi. Bundan tashqari vizual maketlar yaratish uchun ham juda qulay muhit. Har bir versiya yangilanishida 9 bosqichli pack mavjud. Hamda har hafta yangi funksiya hamda qo'shimcha imkoniyatlar qo'shib boriladi.
PandaVisualning loyiha kodlarini tushunish juda ham oson. Ular inson tiliga judayam yaqin qilinib olingan. Uncha murakkab bo'lmagan vazifalarni muhitning o'zi bajaradi.
PandaVisual dasturlash dunyosiga endi kirib kelgan foydalanuvchilar uchun ancha mos keladi. Bu bilan dasturlashni boshlang'ich bilim va tushunchalarga ega bo'ladi.
Siz VCL formalar bilan istalgan dasturingizni yarata olasiz. Bunda sizga forma uchun alohida kodlar kerak bo'lmaydi. Shunchaki ob'yektni suring va dasturingiz tayyor.
Siz loyihani kompilyatsiya qilishda hech qanday qiyinchiliklar va turli murakkabliklarga duch kelmaysiz. Oddiy loyihaning kompilyatsiya qilish uchun 0.7 soniya kerak bo'ladi.
Endilikda siz loyihalaringizni bizning maxsus bulutli serverimizda saqlaysiz. Bunda sizning loyihalaringiz bizning bulutli serverimizda joylashadi. Uni istalgan joyda yuklab olib foydalanib ketishingiz mumkin.
PandaVisual kompyuteringizdan kam resurs talab qiladi. Va bu o'z o'zidan ishlashni tezlashtiradi. Formalar avvaldan tuzib qo'yilgan va ular muhit ishga tushishi bilan bir vaqtda paydo bo'ladi.
PandaVisual loyihasi FestaSystemsning shaxsiy mulki hisoblanadi. Deyarli barcha loyihalarida PandaVisual muhitidan foydalanilgan. PandaVisualning asosiy afvzaliklaridan biri bu deyarli kod yozmasdan ilovalar yaratish va optimizatsiyasidir. PandaVisual loyihada vaqtni taqsimlanishuvida asosiy rolni o'ynaydi.
PandaVisual 2023 Community mutloqo bepul hamda ochiq manbaali muhitdir.
PandaLang hamda PHP
PandaProject bo'yicha moliyaviy qiyinchiliklar sababli loyiha vaqtinchalik yangilanishlarni qabul qilmaydi.
PandaVisualning Community versiyasida faqatgina Windows OS uchun kompilyatsiya qilish mumkin. FestaSystems foydalanadigan PandaVisual Pro versiyasida esa Web/Android/Windows uchun kompilyatsiya qilish mumkin.
Ha albatta